Kontrakt to‘lash muddati yana uzaytirildi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Davlat komissiyasi ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, shunday qaror chiqargan.
1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 25 dekabrga qadar uzaytirildi.
«Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 25 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.