Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Maktablarda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

13-mart 20:08
Maktablarda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta “Yosh gvardiyachilar” sinflari mavjud bo‘lgan.

Endilikda yangi qarorga asosan, har bir maktabda bittadan “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi.

Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda — 2024-2025-o‘quv yilida 2 530 ta, ikkinchi bosqichda — 2025-2026-o‘quv yilida 2 536 ta maktabda 9-sinfdan boshlab harbiy vatanparvarlik sinflari o‘z faoliyatini boshlaydi.