Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

20-mart 16:30
my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.