Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

"Open budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlash mumkinmi?

22-mart 19:29

Yana ovoz berish sezoni boshlanib, ayniqsa, o‘qituvchilar ovoz olishga kirishib ketishdi. Ko‘p maktablarda o‘qituvchilarga nechtadir ovoz yig‘ish normasi qo‘yilgan.

📌 Lekin bu — qonunchilikka zid. Xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash - majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (33 mln so‘mgacha) jarima belgilangan. Takroran majburiy mehnatga majburlash esa jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.