O‘zbekistonda birinchi marta ayol-uchuvchilar uchun maktab ochilishi rejalashtirilmoqda
2024-yil 13-14-oktyabr kunlari Xiva shahridagi Ichan-Qal’a majmuasida “Musaffo osmon” shiori ostida I Xalqaro havo sharlar festivali bo‘lib o‘tdi. Festival davomida germaniyalik uchuvchi ayol Elli Danington Xiva uzra parvoz qilib, o‘zining dunyo rekordini yangiladi.
O‘zbekiston Elli Danington parvoz qilgan 118-davlat bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati mamlakatda ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilmoqda. Shu doirada Elli Danington O‘zbekistonda ayol-uchuvchilar maktabi ochishni rejalashtirmoqda. Bu maktab ayollarga uchuvchilik sohasida yangi yo‘llar ochadi.