O‘zbekistondagi maktablarda dars berish uchun AQShdan o‘qituvchilar keldi
O‘zbekistondagi maktablarda dars berish uchun AQShdan o‘qituvchilar keldi
O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda ishlash uchun AQShdan yana 20 nafar o‘qituvchi keldi. Bu haqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib, Gazeta.uz nashri xabar berdi.
Amerikalik o‘qituvchilar O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun kelgan. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi, 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda.
Yangi o‘quv yilida O‘zbekistondagi maktab va universitetlarda 20 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi ish boshladi, deya xabar qildi AQSh elchixonasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ular 2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekistonning 10 ta viloyatida ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishga yordam beradi. 2019-yildan buyon mamlakatda 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi faoliyat yuritmoqda.
Amerikalik mutaxassislardan foydalangan holda ingliz tilini o‘rgatish tashabbuslari 2019-yilda AQSh elchixonasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan boshlangan.
Loyiha AQSh hukumatining O‘zbekistonda ingliz tili ta’limini kuchaytirish, jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisini tayyorlash borasidagi ulkan majburiyatlarining faqat bir qismidir, deyiladi xabarda.
2018-yildan buyon AQSh hukumati O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishga 31,2 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik Toshkentda amerikalik o‘qituvchilarni kutib olar ekan, "Barchangiz nafaqat ingliz tili ko‘nikmalarini oshirish, balki AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqdasiz", dedi u.