Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi

15-avgust 11:51
“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi

“Perevod” imtihonlari uchun sanalar rasman e’lon qilindi. Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi:

  • 1-smena: 08:00 dan 11:00 gacha
  • 2-smena: 15:00 dan 18:00 gacha

Sinovlarda talabgorlarga 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Mutaxassislik fanlarida har bir fan uchun 30 ta, majburiy fanlarda esa 10 tadan test topshirig‘i bo‘ladi. Talabgorlarga barcha savollarni ishlash va javoblarni varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarga Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan ruxsatnoma olishlari lozim. Test sinovlariga kirishda ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtda kelish, shuningdek, pasport (ID-karta) va ruxsatnomani o‘zlari bilan olib kelish talab etiladi.