“Perevodchilar” qachondan oʻqishni boshlaydi?
Xorijiy va nodavlat ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘z o‘qishini ko‘chirayotgan talabalar, avvalo, ko‘chirib o‘tkazayotgan oliy ta’lim muassasasidan aloqa xatini olishlari kerak. Shu bilan birga, davlat oliygohidan boshqa bir oliygohga o‘qishini ko‘chirayotgan talabalar ham xuddi shunday qilishlari lozim.
Aloqa xatini olgan talabalar 10 kun ichida avvalgi o‘qish joyidan kerakli hujjatlarni olib kelishlari kerak. Hujjatlar asosida fanlar farqi chiqariladi va ularning o‘quv bosqichlari belgilanadi.
Shundan so‘ng, talabalar 15-oktyabrga qadar to‘lov-shartnomaning 25% qismini to‘lashi kerak. Agar to‘lov amalga oshirilmasa, ular talabalar safiga qabul qilinmaydi.
O‘qishni ko‘chirayotgan talabalar soniga qarab, ularga yangi guruh ochilishi yoki mavjud guruhlarga qo‘shilishi mumkin.