Rasman: 805.687 nafar abiturientning testga kirishiga ruxsat berildi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Rasman: 805.687 nafar abiturientning testga kirishiga ruxsat berildi
Qabul-2024’ga bogʼliq faktlar:
Toʼlov qilmagan ayirib tashlandi
- Roʼyxatdan oʼtish talablarini toʼliq bajargan 805 687 nafar abiturientga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi
Аyollar oʼqishga koʼproq qiziqmoqda
- Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abiturientlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.
53 mlrd 816 mln soʼm yigʼildi!
- Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abiturient test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan toʼlovdan ozod etilgan.
Samarqandliklar yetakchi
- Joriy yilda doimiy yashash hududi boʼyicha eng koʼp Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Fargʼona viloyatida 79 808 nafar abiturient roʼyxatdan oʼtgan
2.569 sertifikat soxta ekan
- Roʼyxatdan oʼtishda 22 632 nafar abiturient chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan boʼlib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.