Talabaga hisoblangan stipendiyalar haqida my.gov.uz portali orqali maʼlumot olish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!
- "Ta’lim" bo‘limidan "Stipendiya haqida ma’lumot" xizmatini tanlang.
- Kerakli davrni tanglang va ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.
Shuningdek, ushbu xizmatdan talabalar HEMIS axborot tizimi orqali ham foydalanishlari mumkin.
Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.
Stipendiya ma’lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.