Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

“Ta’lim eng quyi o‘rinlarda” – Statistika agentligi ish haqi bo‘yicha hisobotlarni e’lon qildi

26-iyul 17:04
“Ta’lim eng quyi o‘rinlarda” – Statistika agentligi ish haqi bo‘yicha hisobotlarni e’lon qildi

“Ta’lim eng quyi o‘rinlarda” – Statistika agentligi o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha hisobotlarni e’lon qildi

Statistika agentligi 2023-yilning yanvar–iyun oylarida nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha hisobotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, eng yuqori natija bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida kuzatilgan bo‘lsa, eng quyi o‘rinlarni ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohalari egallagan.

Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 12 mln 389,6 ming so‘mni, tashish va saqlash sohasi 7 mln 733,2 ming so‘mni va sanoat sohasi 6 mln 217,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, ta’lim (3 mln 499 ming so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3 mln 288,1 ming so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalardan o‘rin olgan.

Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda (8 mln 137,7 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limda (1 mln 844,4 ming so‘m) kuzatilgan.

Bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri (5 mln 745 ming so‘m), Namangan (3 mln 475,1 ming so‘m) hamda Toshkent viloyatlarida (3 mln 460,2 ming so‘m) kuzatilgan.

Yuqori o‘sish sur’ati Samarqand viloyatida (116,9 foiz), Toshkent shahrida (116,4 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (115,9 foiz) hamda Xorazm viloyatida (115,8 foiz) qayd etilgan