Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha mezonlar tasdiqlandi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
2024-2025-o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezoni tasdiqlandi. Bu haqda kecha, 31 mart kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, test topshiriqlari soni va baholash mezoni majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:
- har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
- har bir to‘g‘ri javob uchun – 1,1 balldan;
- maksimal ball – 33 ball.
1- mutaxassislik fani bo‘yicha:
- test topshiriqlari soni – 30 ta;
- har bir to‘g‘ri javob uchun – 3,1 balldan;
- maksimal ball – 93 ball.
2-mutaxassislik fani bo‘yicha:
- test topshiriqlari soni – 30 ta;
- har bir to‘g‘ri javob uchun – 2,1 balldan;
- maksimal ball – 63 ball.
Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni – 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi tasdiqlangan edi.