Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Test topshiruvchilar o‘z natijalarini qachon bilishi mumkin?

14-iyul 20:37
Test topshiruvchilar o‘z natijalarini qachon bilishi mumkin?

Imtihon natijalari qachon e’lon qilinadi?

Hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Bugun bo‘lib o‘tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari ertaga kechki payt e’lon qilinadi.

Barcha test sinovlari to‘liq yakunlanib bo‘lgandan soʻng, abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati beriladi. Ungacha esa yo‘nalish tanlashni imkoni bo‘lmaydi.

Shuningdek test jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin

Ayni paytda oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda.

Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2024.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Ta’kidlash lozim, 2024-2025-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda:

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabineti orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.