Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston rektorlarining II forumi boshlandi
Bu xalqaro anjuman “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilmoqda.