Vazir jamg‘armasi imtihoni bo‘yicha shikoyat yuborish mumkin
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilingan.
Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result
Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so‘ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:
- nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
- nomzodning shaxsiy telefon raqami;
- soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).
Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.
Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.