Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Yaxshi ishlagan sinf rahbarlari oilasi bilan Dubayga yuboriladi – hokim va’dasi

13-mart 11:41
Yaxshi ishlagan sinf rahbarlari oilasi bilan Dubayga yuboriladi – hokim va’dasi

Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshev 12-mart kuni umumta’lim maktablari rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda maktabda o‘quvchilar davomati va ta’lim sifati yaxshilanishi uchun sinf rahbarlari hamda o‘quvchilarni rag‘batlantirish kerakligi ta’kidlanib, hokim tashabbusi bilan tanlov e’lon qilindi.

Unga ko‘ra o‘quvchilarining davomati yuqori, a’lo baholarga o‘qigan 9-10-11-sinf rahbarlari ta’tilda oilasi bilan Dubay shahriga sayohat uchun yuboriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, o‘quv yili davomida 9-10-11-sinflar orasida a’lo baholarga o‘qigan, davomatda alohida na’muna ko‘rsatgan sinfning barcha o‘quvchilari ta’tilda Samarqand va Buxoroga sayohat uchun yuboriladi.