Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Qaysi davlat organlari umumta’lim muassasalarini tekshirish vakolatiga ega?

16-oktabr 15:01
Qaysi davlat organlari umumta’lim muassasalarini tekshirish vakolatiga ega?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi qaroriga ko‘ra, umumta’lim muassasalarini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari quyidagilardir:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari;
  2. Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari;
  3. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari;
  4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning tegishli hududiy bo‘linmalari;
  5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
  6. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari